Jamiyat
Toshkent shahar hokimligi poytaxt ahlini metroning oxirgi yillarda ochilgan 19 ta yangi bekatiga nom qo‘yish uchun ovoz berishga taklif qildi.
Hokimlik huzuridagi Raqamli rivojlanish departamenti geografik obyektlar — ko‘chalar, maydonlar, metro bekatlari va boshqalarga nom berish bo‘yicha takliflarni qabul qilish uchun geonom.tashkent.uz platformasini ishlab chiqqandi. Saytda metropoliten yer usti liniyasining Do‘stlik-Qo‘yliq va Olmazor-Sergeli yo‘nalishlaridagi 19 ta bekatiga nom berish bo‘yicha takliflar yig‘ilgan.
Takliflar tayyorlash davomida mahalliy aholi fikrini o‘rganish maqsadida poytaxt ahlini ovoz berish yo‘li bilan ushbu jarayonda ishtirok etishga taklif qildi. Jarayon geonom.tashkent.uz platformasida 4-aprel kunidan 18-aprelga qadar davom etadi.
Metro bekatlari nomlari bo‘yicha o‘tkazilgan ovoz berish natijalari Transport vazirligiga tegishli takliflarni tayyorlash va keyinchalik ularni Vazirlar Mahkamasiga qaror qabul qilish uchun kiritishga taqdim etiladi.
Ma’lumot o‘rnida, Transport vazirligi huzuridagi taniqli olimlar, tarixchilar, filologlar, toponimistlar va boshqa soha mutaxassis-ekspertlari, shuningdek, OAV vakillari, blogerlardan iborat ishchi guruh “Geografik obyektlarning nomlari to‘g‘risida”gi qonuni talablari asosida hamda davlat tilida toponimlar yozilishining belgilangan qoidalariga muvofiq, kelib tushgan takliflardan har bir bekat uchun eng mos nomni tanlab olgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq shaharliklar jami 1100 dan ortiq taklif bilan chiqishgani, asosan, tavsiya etilgan nomlar metro stansiyalari yaqinida joylashgan obyektlarning nomlari bilan bog‘liqligi haqida xabar berilgandi.
Bundan tashqari, o‘ziga xos g‘oyalar ham bo‘lgan. Masalan, “Qo‘yliq” liniyasining “Bekat-5” stansiyasiga “Rohat” nomidan tashqari “Artel zavodi”, “Bekat-3”ga — Registon, “Bekat-4”ga — “Toj Mahal”, “Bekat-9”ga — “Shokoladka”, “Bekat-10”ga — “O‘qituvchilar — kelajak bunyodkorlari”, Chilonzor liniyasining “Bekat-2” stansiyasiga — “Alisher Usmonov” nomlarini berish taklif qilingan.
Siyosat
Iqtisod
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q