Andijonda maktab xodimlarini obodonlashtirish ishlariga jalb qilgan rahbarga jarima belgilandi

Saqlash
20:02 / 04.04.2023 1054 0

Ijtimoiy tarmoqlar orqali Asaka tuman Maktabgacha ta’lim va maktab bo‘limi mansabdorlari tomonidan ishchi xodimlari majburiy mehnatga jalb qilinmoqda nomli sarlavhasi ostida chop etilgan ma’qola yuzasidan Davlat mehnat nazorati inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari M.X.Nuraliyev tomonidan o‘rganish o‘tkazib quyidagilarni aniqlangan.

 

O‘rganish vaqti: 2023-yil 29-mart kuni Asaka tumani Maktabgacha ta’lim va maktab bo‘limi boshlig‘ining kotibi vazifasida ishlovchi Komilov Nodirbek Kozimjonovich tomonidan tuman XTBga qarashli umumtalim maktablarning direktorlariga telegramm tarmog‘i orqali topshiriq berib, unda barcha maktablarning xo‘jalik ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari va texnik xodimlarini 2023-yil 30-mart kuni soat 8:00 da “Ulug‘bek” MFY Navro‘z dahasida bo‘lib o‘tayotgan obodonlashtirish ishlariga jalb etishni ta’minlash bo‘yicha topshiriq berganligi aniqlangan.

 

Mazkur holatga bo‘lim mudiri kotibi N.Komilov jalb qilingan bo‘lib, suhbat o‘tkazilganda xodim xaqiqatdan maktab xo‘jalik ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari va texnik xodimlariga telegramm tarmog‘i orqali topshiriq berilganligi, obodonlashtirish ishlariga barcha texnik xodimlarni jalb qilishligini aytilgan.

 

Ushbu topshiriq bo‘lim mudirini xo‘jalik ishlari bo‘yicha o‘rinbosari Qurbonov Sherzodbek Tojiboyevich buyurganligini o‘z tushuntirish xati orqali ma’lum qilgan.

 

Sh.Qurbonov hozirgi kunga qadar bo‘limga mudiri lavozimiga tayinlanmagangini vaj qilib, shu sababli o‘z mansabidan foydalangan holda obodonlashtirish ishlariga maktablarning xo‘jalik ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari va texnik xodimlarini jalb etish bo‘yicha og‘zaki topshiriq berganligi aniqlangan.

 

Asaka tumani Maktabgacha ta’lim va maktab bo‘limiga qarashli maktablarning xo‘jalik ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari va texnik xodimlari bilan o‘tkazilgan o‘rganishda haqiqatdan ham 30.03.2023-yil kuni “Ulug‘bek” MFY Navro‘z dahasidga obodonlashtirish ishlariga jalb qilinganligini ma’lum bo‘lgan.

 

Ushbu jarayonda ishtirok etgan 30 nafar xodimlar mazkur vazifani bajarib “Navro‘z” dahasida “Tut” ko‘chati ekilganligi, biroq ushbu vazifa bajarish uchun shaxs tomonidan majburlamaganliklarni o‘z tushuntirish xatlari orqali ma’lum qiligan.

 

Bu holat: O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 7-moddasida “Majburiy mehnat, ya’ni biron-bir jazoni qo‘llash bilan tahdid qilish orqali (shu jumladan mehnat intizomini saqlash vositasi tariqasida) ish bajarishga majburlash taqiqlanadi” deb belgilangan.

 

Biroq, xodim Sh.Qurbonov va N.Komilov hamda maktablarning xo‘jalik ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari va texnik xodimlarning o‘z tushuntirish xatlarida ushbu vazifalarni bajarish, ularni biron-bir jazoni qo‘llash bilan tahdid qilish yoki ishni bajarishga majburlash kabi xarakatlar yuzaga kelmaganligini aks etadi.

 

Mehnat kodeksining 177-moddasi ikkinchi xatboshisidagi “Ish beruvchi xodimdan uning mehnat vazifalari doirasiga kirmaydigan ishlarni bajarishni, qonunga xilof yoki xodim va boshqa shaxslarning hayoti va sog‘lig‘i uchun xavf tug‘diruvchi, ularning sha’ni va qadr-qimmatini kamsituvchi harakatlar qilishni talab etishga haqli emas” deb belgilangan.

 

Ushbu harakatlardan ko‘rinib turadiki, bo‘lim mudiri xo‘jalik ishlari bo‘yicha o‘rinbosari Sh.Qurbonov ishchi xodimlarni majburiy tartibda mehnatga majburlamagan bo‘lsa-da, ularni mehnat vazifalari doirasiga kirmaydigan ishlarni bajarishga o‘z roziliklarini yozma ravishda olmagan holda - qonunga xilof ravishda jalb etganligi kuzatilgan.



Yuqoridagilardan kelib chiqib, mazkur qonunbuzulish holati tuman Maktabgacha ta’lim va maktab bo‘lim mudiri vazifasi ayni vaqtda vakand lavozim bo‘lganligi, Xo‘jalik ishlari bo‘yicha o‘rinbosari Sh.Qurbonovga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Mamuriy Javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 49-moddasi 1-kismiga asosan bazoviy hisoblash miqdorining 10 (o‘n) barobari, ya’ni 3 000 000 (uch million) so‘m miqdorda ma’muriy jarima jazosi tayinlanganligini ma’lum qilingan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//