Qurilish vazirligi Toshkentda qurilayotgani aytilgan qiyshiq uy boʻyicha izoh berdi

Saqlash
17:51 / 04.04.2023 1273 0

Toshkent shahar Shayxontohur tumanida barpo etilayotgan koʻp qavatli uylardan biri qiyshiq qurilayotgani aytilgan video tarqaldi. Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi mazkur holatga rasmiy munosabat bildirdi.

 

Qayd etilishicha, tumanning Islom Karimov va Bunyodkor koʻchalari kesishuvida joylashgan qurilish obyekti zamonaviy arxitektura namunasi sifatida oʻziga xos dizayn asosida loyihalashtirilgan boʻlib, bu bino konstruktiv elementlarida kamchiliklar borligini anglatmaydi. Qurilish ishlari belgilangan talab va meʼyorlar asosida amalga oshirilayotgani qoʻshimcha qilingan.

 

Vazirlik bino qurilayotgan hudud seysmik jihatdan tekshirilgani va bu borada ijobiy xulosa olingani maʼlum qildi.

 

Tasdiqlangan loyiha hujjatlarining KJ (temir-beton konstruksiyalar) boʻlimining yechimlariga asosan 23-qavatdan 26-qavatgacha K-4 va K-5 quyma temir-beton ustunlar egilgan holda loyihalashtirilgan hamda bu qurilish meʼyorlari va qoidalariga asosan bajarilgan; ishchi loyiha hujjatlari MB Studio MCHJ tomonidan ishlab chiqilganidan soʻng, “Zilzilabardosh qurilishning ilmiy-tadqiqot va loyiha markazi antiseysmik” MCHJ tomonidan ushbu hudud seysmikasiga yondashgan holda tekshirilgan va 2021-yil 16-martda bu borada ham ijobiy xulosa olingan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//