Toshkentning uchta tumanida gaz taʼminoti bir sutkaga oʻchirildi

Saqlash
16:35 / 04.04.2023 1035 0

Toshkentning uch tumanidagi ayrim mahallalarda tabiiy gaz taʼminoti bir sutkaga toʻxtatildi.

 

Energetika vazirligining xabar berishicha, taʼmirlash ishlari sababli 4-aprel soat 08:00 dan 5-aprel soat 08:00 ga qadar Sergeli, Yangihayot va Chilonzor tumanlarining ayrim mahallalari tabiiy gaz taʼminotidan vaqtincha uzilgan.

 

Sergeli tumani aholi isteʼmolchilari: “Sohibqiron”, “Saxovat”, “Yangi Sergeli”, “Qipchoq”, “Ezgulik”, “Nurhayot”, “Madadkor”, “Ittifoq”, “Ziynat”, “Nilufar”, “Mehrigiyo”, “Oʻzgarish”, “Habibiy”, “Bunyodobod”, “Yangi Bunyodobod” MFYlarida joylashgan koʻp qavatli uylardagi jami 21 566 ta aholi xonadonlarida hamda “Junariq”, “Nogʻay qoʻrgʻon”, Yuqori darxon”, “Qubaytepa”, “Qut-baraka”, “Soʻgʻdiyona”, “Sofdil”, “Daryo boʻyi” MFYlaridagi jami 7 634 ta uy xoʻjaligida;

 

Sergeli tumani ulgurji isteʼmolchilari: 85 ta sanoat korxonasi, 11 ta maktab, 4 ta MTM, 41 ta umumiy ovqatlanish obyekti, 68 ta novvoyxona va 184 ta kommunal-maishiy korxona – jami 393 ta ulgurji isteʼmolchida;

 

Yangihayot tumani aholi va ulgurji isteʼmolchilari: “Fayzli”, “Choshtepa”, “Yangi Shoshtepa”, “Yangi Darxon”, “Tashabbus”, “Yangi umid”, “Yangi turmush”, “Humo”, “Yangi Hayot”, “Oriyat”, “Gulshanobod”, “Marhamat”, “Ibrat”, “Olchazor”, “Xushnud”, “Navqiron”, “Yorqin hayot”, “Charogʻon”, “Chorbogʻ”, “Viqor”, “Al-Fargʻoniy”, “Doʻstlik”, “Iqbol”, “Yoʻldosh”, “Toshkent”, “Chortoq” MFYlardagi jami 5 251 ta uy xoʻjaligida va koʻp qavatli uylardagi jami 29 835 ta aholi xonadoni hamda 316 ta ulgurji isteʼmolchida;

 

Chilonzor tumani aholi va ulgurji isteʼmolchilari: “Beshqoʻrgʻon”, “Tirsakobod”, “Xayriobod”, “Xon toʻpi”, “Bek toʻpi”, “2-Qatortol”, “Mevazor”, “Yakkabogʻ MFYlardagi jami 6 000 ta uy xoʻjaligida hamda 47 ta ulgurji isteʼmolchida tabiiy gaz taʼminoti vaqtincha toʻxtatildi.

 

“Taʼmirlash ishlari yakunlangach, tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi. Yetkazilayotgan noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr soʻraymiz”, — deyiladi xabarda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//