Xorijdagi referendum oʻtkaziladigan uchastkalar xaritasi tuzildi

Saqlash
15:26 / 04.04.2023 1656 0

Oʻzbekistonning xorijdagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida yangi tahrirdagi Konstitutsiya loyihasi boʻyicha referendum oʻtkazish uchun 55 ta saylov uchastkasi tuzilmoqda.

 

“Dunyo” axborot agentligi xorijiy davlatlarda joylashgan saylov uchastkalari manzillari aks ettirilgan interaktiv xaritani ishga tushirdi.

 

Oʻzbekistonning oʻzida Qoraqalpogʻiston, viloyatlar va Toshkent shahri chegaralarida 14 ta referendum okrugi tashkil etilmoqda. Xorijdagi saylov uchastkalari Toshkentdagi 14-okrugga biriktirilgan.

 

Referendum oʻtkazuvchi 14 ta okrug komissiyalarida jami 266 kishi ish olib boradi.

 

2021-yilgi prezidentlik saylovlarida boʻlgani kabi fuqarolarga oʻz uchastkasini aniqlash va uni oʻzgartirishda interaktiv xizmat koʻrsatiladi. U Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida yoʻlga qoʻyiladi.

 

Telegramdan foydalanasizmi? Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormaslik uchun kanalimizga aʼzo boʻling.

 

Referendum 30-aprel kuni boʻlib oʻtadi. Muddatidan avval ovoz berish 19−26-aprel kunlariga belgilangan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//