Siyosat
Shavkat Mirziyoyev 3-aprel kuni Fransiya prezidentining maslahatchisi Izabel Dyumonni qabul qildi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, uchrashuvda oliy darajadagi kelishuvlarni amalga oshirish masalalari va ikki mamlakatning har tomonlama sherikligini kengaytirish istiqbollari koʻrib chiqildi. Yuqori martabali mehmon davlat rahbariga Emmanuel Makronning samimiy salomi va shaxsiy maktubini yetkazdi.
Uchrashuvda faol siyosiy muloqotlarni davom ettirish, oʻzaro savdo hajmini oshirish, Fransiyaning yetakchi kompaniya va banklari bilan “yashil” energetika, qazib chiqarish, qishloq xoʻjaligi, toʻqimachilik, suv taʼminoti tizimini, transport va turizm infratuzilmasini modernizatsiya qilish kabi yoʻnalishlarda birgalikdagi yirik loyihalarni ilgari surish muhimligi alohida taʼkidlandi.
Taʼkidlanishicha, Parij shahridagi Luvr muzeyi va Arab dunyosi institutidagi madaniy tadbir va koʻrgazmalar muvaffaqiyatli oʻtgani yuksak baholandi. Oʻzbekiston maktablarida fransuz tilini oʻrganishni kengaytirish masalalari ham koʻrib chiqildi. Markaziy Osiyoda mintaqaviy hamkorlikning dolzarb jihatlari yuzasidan fikr almashildi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q