Sergelida ayol 3 nafar farzandi bilan oʻzini 9-qavatdan tashlab halok boʻldi. Bosh prokuratura voqea tafsilotlarini maʼlum qildi

Saqlash
14:08 / 04.04.2023 1950 1

Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda Sergelida ayol 3 nafar farzandi bilan oʻzini 9-qavatdan pastga tashlagani haqida xabarlar tarqaldi. Bosh prokuratura voqea tafsilotlarini maʼlum qildi.

 

Qayd etilishicha, xabar asosida Bosh prokuratura hamda Toshkent shahar prokuratura rahbariyati boshchiligidagi tezkor-tergov guruhi tomonidan voqea joyi koʻzdan kechirilib, tekshirish harakatlari olib borilgan.

 

Aniqlanishicha, 3-aprel kuni soat 19.20 larda Sergeli tumani 8-mavzedagi koʻp qavatli uyida yashab kelgan ayol (1996-y.t.) ikki nafar oʻgʻli va bir nafar qizini qasddan oʻldirish maqsadida, 9-qavatdan birin-ketin derazadan tashlab yuborib, soʻngra oʻzi ham oynadan sakrab oʻz joniga qasd qilgan.

 

Oqibatda barchasi hodisa joyida vafot etishgan.

 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97 (Qasddan odam oʻldirish) va 103 (Oʻzini oʻzi oʻldirish darajasiga yetkazish) moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

 

Olingan maʼlumotlarga koʻra, marhuma ayol Toshkent viloyati Zangiota tumanida turmush oʻrtogʻi bilan istiqomat qilgan xonadonda 2022-yil oktyabr oyida yongʻin sodir boʻlganligi sababli 3 nafar farzandlari bilan birga onasining Sergeli 8-mavzesidagi uyiga kelib, ular bilan birga birga istiqomat qilib kelgan hamda ushbu holatlar uning ruhiyatiga salbiy taʼsir koʻrsatgan.

 

Shuningdek, marhumaning turmush oʻrtogʻi hozirda «Umra» ziyorati maqsadida Saudiya Arabistonda ekanligi aniqlangan.

 

«Tergov guruhi tomonidan ushbu fojianing barcha ehtimoliy sabablarini sinchkovlik bilan tekshirish maqsadida qator tergov taxminlari ishlab chiqilgan.

 

Xususan, oilaviy kelishmovchilik, marhumada kuzatilgan ruhiy oʻzgarishlarga olib kelgan sabablar, oʻz-oʻzini oʻldirish darajasiga keltirish va boshqa taxminlarning barchasi dastlabki tergov jarayonida batafsil tekshiriladi», deyiladi Bosh prokuratura maʼlumotida.

1 Izoh

Кодирова Угилхон Сотиболдиевна

12:01 / 01.01.1970

Чиройли рамазон ойларида онани нафратини букмаган,бундай котилликга етаклаган сир бор,бу холат ёлгиз аллохимга аён.Хар бандита инсоф берсин,гудакларда нима айб.

Izoh qoldirish

//