Bolalar shifoxonasidan harbiy qismgacha – “Maʼnaviyat festivali”ning navbatdagi manzili Namangan

Saqlash
22:52 / 03.04.2023 1465 0

“Xalq Konstitutsiyasi bilan xalqchil davlat sari!” shiori ostida Namangan viloyatida Oʻzbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Konstitutsiyasini targʻib etishga qaratilgan madaniy-maʼrifiy tadbirlar boʻlib oʻtmoqda.

 

 

Viloyatning Pop, Chust, Uchqoʻrgʻon, Chortoq kabi tumanlaridagi targʻibot tadbirlarida Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari Mirhojiddin Mirzo, falsafa fanlar doktori, professor Jamila Shermuhammedova, Oʻzbekiston xalq artisti Mansur Toshmatov, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Dilfuza Rahimova, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, shoira Shahlo Ahrorova, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Turgʻun Beknazarov, ustazoda sanʼatkor Yunus Rajabiy sulolasi vakili Aziz Rajabiy hamda Muqimiy nomidagi oʻzbek drama teatri aktyori Rasulxon Qodirxonovlar ishtirok etdi.

 

Tadbirlar davomida Konstitutsiyaga kiritilayotgan yangiliklar toʻgʻrisida, shuningdek, referendum oʻtkazish tartibi, unda ishtirok etish boʻyicha yoshlar tashabbus va takliflari ilgari surildi.

 

“Maʼnaviyat festivali” Pop tumanidagi Muruvvat uyida koʻtarinkilik bilan tashkil etilganini alohida taʼkidlash kerak. Jarayonda yangilanayotgan Konstitutsiya jamiyatimizning milliy taraqqiyot ehtiyojlaridan kelib chiqayotgan hayotiy zarurat boʻlib, Yangi Oʻzbekistonni bunyod etishning huquqiy asoslarini mustahkamlashdagi istiqbolli qadam ekanligini taʼkidladi.

 

 

 

 

Namangan shahridagi bolalar shifoxonasida mehr-muruvvat va saxovat” loyihasi boʻlib oʻtdi. Shuningdek, festival doirasida Ramazon uyi munosabati bilan xayr-saxovat tadbirlari ham tashkil etilmoqda.

 

 

 

Madaniy-maʼrifiy tadbirlar Chust shahrida Mudofaa vazirligi huzuridagi 34432-harbiy qismda ham oʻtkazildi.

 

 

 

Joylarda mehmonlarning chiqishlari va diltortar kuy-qoʻshiqlar ishtirokchilarga koʻtarinki kayfiyat bagʻishlamoqda. Bu kabi maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar, uchrashuvlar viloyat boʻylab davom etmoqda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//