Jamiyat
30-mart kuni Jahon banki ishtirokidagi “Oʻzbekiston binolari uchun toza energiya” loyihasi doirasida bankning Xalqaro taraqqiyot uyushmasidan qarz mablagʻlarini jalb qilishga oid Prezident qarori imzolandi.
Bunda ijtimoiy soha obyektlarida energiya samaradorligini oshirish, elektr energiyasi hamda issiqlik energiyasi sarfini tejash, ularni energiya tejaydigan texnologiyalar va qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalari bilan taʼminlash maqsadida 30 yil muddatga 5 yillik imtiyozli davr bilan 143 mln AQSH dollari miqdorida qarz mablagʻlarini jalb qilish nazarda tutiladi.
Bu haqdagi qaror esa Jahon banki Direktorlar kengashi tomonidan 2022-yil 24-iyunda maʼqullangan.
Loyihada 138 mln dollar jamoat binolarida energiya samaradorligini oshirish hamda toza energiya uchun investitsiya kiritishga, 5 mln dollar esa loyiha doirasidagi texnik ishlarga sarflanadi.
Loyiha 2023-2028-yillar davomida Oʻzbekistonning barcha hududlarida amalga oshiriladi.
Bunda qarz mablagʻlarini qaytarish manbalari etib, modernizatsiya qilingan obyektlarda kommunal xizmatlarni toʻlash boʻyicha xarajatlar uchun mahalliy budjetdan ajratiladigan mablagʻlarning iqtisod qilinadigan qismi hamda iqtisod qilingan mablagʻlarning yetmagan qismi boʻyicha Davlat budjeti mablagʻlari belgilanmoqda.
Siyosat
Iqtisod
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q