Jamiyat
Kunduzgi havo harorati hafta davomida +20...+23 darajadan +15...+18 darajagacha o‘zgarib turadi.
Respublika bo‘yicha yomg‘ir yog‘ishi ba’zi joylarda shamol tezligi 15–20 metr/soniyagacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar, shuningdek, do‘l yog‘ishi bilan kuzatiladi.
Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, 3–6-aprel kunlari ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Baland tog‘ hududlarda 5–6-aprel kunlari yomg‘ir qorga aylanishi mumkin.
3–4-aprel kunlari tog‘oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
3–7-aprel kunlarida Toshkent viloyatining tog‘li hududlarida 2000 metrdan yuqorida qor ko‘chishi xavfi bor.
Toshkent shahrida 4-apreldan 6-aprelgacha vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘ladi, do‘l yog‘ishi mumkin. Shamol o‘zgaruvchan yo‘nalishda kuchsiz 5–10 metr/soniyadan biroz 12–15 metr/soniyagacha esadi. Bugun kunduzgi havo harorati +21...+23 darajani tashkil etadi, hafta o‘rtasiga borib +16...18 darajagacha pasayadi.
Siyosat
Iqtisod
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q