Rossiyadagi YTHda 5 nafar oʻzbekistonlik jabrlandi

Saqlash
20:23 / 03.04.2023 918 0

Rossiyaning Saratov viloyatida ichida Oʻzbekiston fuqarolari boʻlgan avtomobil yoʻl-transport hodisasiga uchradi. Bu haqda viloyat sogʻliqni saqlash vaziri Oleg Kostin oʻzining Telegram kanalida maʼlum qildi.

 

Maʼlumotlarga koʻra, YTH 2-aprel kuni ertalab R-208 avtomobil yoʻlining 145-kilometrida sodir boʻlgan. 2000-yilda tugʻilgan yigit Toyota Vellfire rusumli avtomashina boshqaruvini yoʻqotgan va transport vositasi agʻdarilib ketgan. Kostinning taʼkidlashicha, “Malinovka” aholi punktidan oʻtgan trassada yengil avtomobil yoʻl chetidagi ariqqa uchib ketishi oqibatida olti kishi jabrlangan, ularning toʻrt nafari shifoxonaga olib borilgan. Yoʻlovchilarning ikki nafarining ahvoli ogʻir, yana ikki nafariniki oʻrta darajada ogʻir ekani aytilmoqda.

 

“Jabrlanganlar orasida 40 yoshli ayol bor, unda bosh miya jarohati, koʻkrak qafasi va oʻng tizza boʻgʻimlarining yopiq jarohati qayd etilgan. Shuningdek, 26 yoshli erkak bosh miya jarohati, koʻkrak qafasining yopiq jarohati, umurtqa pogʻonasi sinishi, 38 yoshli erkak bosh miya jarohati, koʻkrak qafasining yopiq jarohati, bel umurtqasining sinishi tashxisi bilan olib kelingan”, — deb yozadi vazir.

 

Qayd etilishicha, jabrlangan besh kishidan uch nafari Rtishchevskaya tuman kasalxonasida qolmoqda, ikki nafari — 20 va 39 yoshli erkak qoniqarli holatda ambulator davolanishga chiqarilgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//