 
                   
                    Sport
Xitoyning Usi shahrida taekvondo WT boʻyicha “Katta dubulgʻa” musobaqasi oʻz yakuniga yetdi.
Musobaqaning ikkinchi kunida Oʻzbekiston terma jamoasi 1 tadan oltin va bronza medallarini qoʻlga kiritdi. -80 kg vazn toifasida barcha raqiblarini magʻlubiyatga uchratgan Jasur Jaysunov turnir gʻolibiga aylandi. Jahon chempioni Svetlana Osipova esa (+73 kg) bronza medaliga sazovor boʻldi.
Shu tariqa, Oʻzbekiston terma jamoasi mazkur musobaqani 2 ta oltin va 1 ta bronza medallari bilan yakunladi. Ushbu turnir litsenzion xarakterga ega boʻlib, dekabr oyida oʻtadigan yana bir “Katta dubulgʻa” musobaqasi yakuniga koʻra, Parij—2024 Olimpiya oʻyinlarining dastlabki litsenziatlari aniqlanadi.
Avvalroq Tokio Olimpiadasi chempioni Ulugʻbek Rashidovning ham mazkur musobaqa gʻolibi boʻlgani haqida xabar berilgandi.
 
                  Siyosat
 
                  Sport
 
                  Jamiyat
 
                  Jamiyat
 
                  Jamiyat
 
                  Jamiyat
 109666
             109666
          Jamiyat
 94050
             94050
          Jamiyat
 89831
             89831
          Jamiyat
 72985
             72985
          Jamiyat
//
Izoh yo‘q