Yevropa Ittifoqi delegatsiyasi Oʻzbekistonga tashrif buyuradi

Saqlash
19:33 / 03.04.2023 1003 0

Fulvio Martushello boshchiligidagi Yevroparlamentning besh deputatidan iborat Markaziy Osiyo bilan aloqalar boʻyicha delegatsiya 2023-yil 3 va 5-aprel kunlari Oʻzbekistonga tashrif buyuradi.

 

Yevroittifoq saytida bu tashrif Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi, Oʻzbekistonda boʻlajak Konstitutsiyaviy referendum hamda Kengaytirilgan sheriklik hamda hamkorlik toʻgʻrisidagi Bitimning imzolanishi munosabati bilan ikki tomonlama munosabatlar uchun muhim pallada boʻlib oʻtayotgani keltirilgan.

 

Delegatsiya Oʻzbekiston Oliy Majlisi bilan birgalikda Toshkent shahrida “Yevropa Ittifoqi – Oʻzbekiston” parlament hamkorligi qoʻmitasining 16-yigʻilishini oʻtkazadi, shuningdek, hukumat vakillari bilan uchrashadi.

 

Bundan tashqari, Yevroparlament delegatsiyasi Qoraqalpogʻistondagi mavjud vaziyatni, jumladan 2022-yil iyul voqealaridan keyingi, shuningdek, Orol dengizning qurishi natijasida yuzaga kelgan ekologik ofat bilan bogʻliq vaziyatni baholash uchun Nukus va Moʻynoq shaharlariga boradi.

 

Shuningdek, Yevroparlament delegatsiyasi demokratik islohotlarni qoʻllab-quvvatlash, qonun ustuvorligi, inson huquqlari va oshkoralikni taʼminlashni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha murojaat qiladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//