Roʻzadorlarga taom tayyorlashda nimalarga eʼtibor berish kerak?

Saqlash
17:03 / 03.04.2023 1149 0

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti tomonidan Ramazon oyida sogʻlom ovqatlanish boʻyicha eʼlon qilingan tavsiyalar saharlik va iftorlik uchun taom tayyorlashga doir maslahatlarni ham oʻz ichiga oladi.

 

Jumladan:

 

Yogʻli mahsulotlar, ayniqsa, charvi yoki quyruqli goʻsht, qatlamali, yogʻ/margarin yoki sariyogʻ qoʻshilgan xamirdan tayyorlangan taomlar isteʼmolini kamaytirish kerak. 

 

Masalliqlarni qovurish oʻrniga, ovqat tayyorlashning boshqa, masalan, bugʻda, sousda pishirish, kam miqdordagi yogʻda qovurib, pechda qizartirish kabi usullaridan foydalanish tavsiya etiladi.

 

Tarkibiga meʼyordan ortiq tuz qoʻshilgan oziq-ovqatlarni isteʼmol qilmang.


 
– Sosiska, kolbasa, dudlangan, qayta ishlangan va tuzlangan goʻsht; 
– baliq mahsulotlari, 
– zaytun mevasi, shoʻr bodring, 
– tuzli pishloqlar, gazaklar,
– mayonez, ketchup va xantal qoʻshilgan salatlar, 
– souslar shular jumlasidandir. 

 

Ovqat tayyorlashda tuzdan iloji boricha kamroq foydalanish va tuzdonni stol ustidan panaga olib qoʻyish tavsiya etiladi. 

 

Pishirilayotgan taomlar taʼmini yaxshilash uchun turli oʻt va ziravorlardan foydalanish maqsadga muvofiq.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//