Toshkent shahri ko‘chalari suvga to‘lishiga asosiy sabab nima?

Saqlash
16:56 / 03.04.2023 1034 0

Toshkent shahridagi lotoklarning o‘rtacha diametri 300 mmga teng. Ular yog‘ingarchilik suvlarini kollektorlar va kanallarga yetkazadi.

 

2-aprel kuni 2 soat davomida kuzatilgan kuchli yog‘ingarchilik natijasida 20 mm yomg‘ir yog‘gan va bu aprel oyi uchun belgilangan umumiy meʼyorning (yaʼni 60 mm) uchdan bir qismiga teng.

 

 

Lotoklar bir paytning o‘zida bunday katta oqimni qabul qilishga mo‘ljallanmagani bois, Toshkent shahridagi bir necha manzilgohlarda suv to‘planishi kuzatilgan.

 

“Bu holatni tezkorlik bilan bartaraf etish maqsadida, Toshkent shahar Obodonlashtirish boshqarmasi va uning tuman bo‘linmalari, kommunal soha tizimlari, Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hamda Ichki ishlar bosh boshqarmasining 500 dan ortiq xodimlari, 100 dan ortiq maxsus texnikalari jalb etilib, 23:00 gacha barcha manzillardagi holatlar bartaraf etildi”, – deyiladi xabarda.

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//