Jamiyat
Kecha, 2-aprel kuni ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahar Yakkasaroy tumani Bobur ko‘chasidagi 1963-yilda qurilgan turar-joy binosining balkonlari qulab tushgani aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan tuman hokimligi matbuot xizmati rasmiy ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, ko‘p qavatli uyda kuchli yomg‘ir tufayli birdaniga bir nechta balkonlar qulab tushgan.
Shu binoda istiqomat qiluvchilar shunga o‘xshash vaziyatning oldini olish uchun xonadon balkon qismining bir burchagini teshib, shu orqali to’planib qolgan suvni chiqarib tashlagan.
Vaziyat Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruvchilari va poytaxtning hududiy uy-joy fondini nazorat qilish inspeksiyasi mas’ul shaxslari tomonidan zudlik bilan o‘rganilgan.
“Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan va kvartiralarning ichki qismiga zarar yetmagan”, – deyiladi xabarda.
Hozirda holat boʻyicha tegishli tashkilotlar tomonidan instrumental texnik koʻrikdan oʻtkazish ishlari amalga oshirilmoqda. Batafsil ma’lumot keyinroq e'lon qilinadi.
Siyosat
Iqtisod
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q