Sarhisob: Navoiyda “Maʼnaviyat festivali” oʻz nihoyasiga yetdi

Saqlash
00:15 / 03.04.2023 1436 0

Navoiy viloyati mahallalarida hamda korxona, tashkilot va muassasalarda “Xalqchil Konstitutsiyasi bilan xalqchil davlat sari” shiori ostida turli maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar hamda “Maʼnaviyat festivali” oʻtkazildi.

 

Festival doirasida Respublika “Maʼrifat” targʻibotchilar jamiyati aʼzolari ijodkorlar, madaniyat va sanʼat vakillari ishtirokida tashkilot va idoralar, yirik ishlab chiqarish korxonalarida “Maʼrifat soat” lari oʻtkazildi.

 

 

Aholi orasida insoniylik qadriyatlarini targʻib qilish, mehr-oqibat va hamjihatlikni mustahkamlash, nogironlar, onkologiya, gematologiya kasalliklari bilan davolanayotganlar holidan xabar olishga qaratilgan “Mehr-muruvvat va sahovat” hamda “Inson qadri” loyihasi doirasida nogironligi boʻlsada oʻz isteʼdodi, intilishlari bilan hayotda oʻz oʻrniga ega boʻlgan yoshlar, maxsus maktab internatlarida davolanayotgan bemorlar holidan habar olinib, kitoblar jamlanmasi hamda oʻquv qurollari tuhfa qilindi. Shuningdek, viloyatdagi kam taʼminlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar holidan habar olinib, oziq-ovqat jamlanmalari hamda kitoblar taqdim etildi.

 

Loyiha doirasida “Mehr-muruvvat va saxovat” loyihasi Navoiy shahridagi alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan koʻrish imkoniyatlari cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan nurli maskan maktab-internatida oʻtkazilgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirda Respublika “Maʼrifat” targʻibotchilar jamiyati tomonidan u yerda taʼlim olayotgan bolajonlarga oʻquv qurollari hamda  esdalik sovgʻalari topshirildi.

 

 

Oʻzbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Konstitutsiyasi targʻibotiga bagʻishlab “Xalqchil Konstitutsiyasi bilan xalqchil davlat sari” shiori ostida Zarafshon shahrida 4 ta, Gʻozgʻon shahrida 2 ta, Uchquduq tumanida 4 ta, Tomdi tumanida 4 ta, Konimex tumanida 3 ta, Qiziltepa tumanida 4 ta, Karmana tumanida 4 ta maʼnaviy-maʼrifiy, targʻibot tadbirlari tashkil etildi.

 

Targʻibot tadbirlarida soʻzga chiqqanlar mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar hamda amalga oshirilayotgan siyosiy jarayonlar xususida soʻz yuritdi.

 

Shuningdek, aholiga koʻtarinkilik ulashish maqsadida respublikadan kelgan taniqli sanʼatkorlar hamda mahalliy xonandalar ijrosida kuy-qoʻshiqlar kuylanib, ishtirokchilarga yuqori kayfiyat ulashildi.

 

Tadbirlar Navoiy shahar hamda Nurota, Xatirchi, Navbahor tumanlarida ham davom etdi.

 

Navoiy shahrida 4 ta sektor kesimida boʻlib oʻtgan tadbirlarning birinchi manzili Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universitetida tashkil etildi. Unda sektordagi mavjud barcha mahalla aholisi va yoshlar qamrab olindi.

 

Shundan soʻng, Navoiy davlat pedagogika instituti hovlisida hamda  shahardagi 8-umumiy oʻrta taʼlim maktabida boʻlib oʻtgan maʼnaviy-maʼrifiy, madaniy tadbirlarda respublika “Maʼrifat” targʻibotchilari tomonidan mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar hamda amalga oshirilayotgan siyosiy jarayonlar toʻgʻrisida maʼlumotlar berildi.

 

 

Navoiy shahridagi Maʼnaviyat va maʼrifat markazida maʼnaviy-maʼrifiy soha vakillari hamda joylardagi targʻibotchilar faoliyatini namunali tashkil etishga qaratilgan “Ziyolilar forumi” loyihasi doirasida maʼnaviy-maʼrifiy, madaniy tadbir tashkil etildi.

 

Forum doirasida viloyatdagi 25 nafar “Maʼrifat” targʻibotchilar jamiyati aʼzolariga aʼzolik guvohnomalari topshirildi.

 

Jumladan, tumandagi 3-, 4-, maktablari faollar zali hamda “Istiqlol” MFY binosida boʻlib oʻtgan tadbirlarda “Amir Temur”, “Oqmachit”, “Istiqlol” MFYlari aholisi qamrab olindi.

 

Xatirchi tumanida festival doirasida Oʻzbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Konstitutsiyasi targʻibotiga bagʻishlab “Xalqchil Konstitutsiyasi bilan xalqchil davlat sari” shiori ostida 3 ta (“Tamabahrin”, “Qoracha”, “Olmazor” MFY larda) maʼnaviy-maʼrifiy, madaniy tadbirlar tashkil etildi.

 

Navbahor tumanida xuddi shunday maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar 10-, 16-, 23- umumiy oʻrta taʼlim maktablari hamda tuman madaniyat uyida tashkil qilindi. 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//