Madaniyat
Fargʻona viloyatida “Maʼnaviyat festivali”ning soʻnggi kunida Soʻx, Fargʻona, Rishton, Toshloq, Yozyovon, Oʻzbekiston, Uchkoʻprik va Dangʻara tumanlarida targʻibot tadbirlari tashkil etildi.
Jumladan, Fargʻona tumani Vodil MFY joylashgan Madaniyat uyida yangilanayotgan Konstitutsiyani qabul qilish boʻyicha umumxalq referendumi arafasida Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tomonidan “Xalq konstitutsiyasi bilan xalqchil davlat sari” shiori ostida “Maʼnaviyat festivali” oʻtkazildi.
Toshloq tumani Nayman MFY madaniyat markazida “Maʼnaviyat festivali” doirasidagi targʻibot tadbiri tashkil etildi. Tadbirda 350 nafar aholi qamrab olindi.
“Maʼnaviyat festivali”ning navbatdagi manzili Zarkent MFYda joylashgan kasb-hunar maktabi boʻldi. Targʻibot guruhi aʼzolari hamda mahalliy ijodkorlar, faollar tomonidan yigʻilganlar uchun tadbir mavzusi yuzasidan ochiq muloqot va badiiy kecha tashkil etildi.
Oʻzbekiston tumani boʻylab yoʻlga chiqqan maʼnaviyat karvoni Tagob MFY 6-umumtaʼlim maktabi tomon yetib bordi. Mazkur tadbir barchaga manzur keldi. Tadbirda 400 nafardan ziyod tumandagi ijtimoiy daftardagi turuvchilar, yoshlar va mahalla faollari qamrab olindi.
Shuningdek, tumanidagi Qumbosti MFY 45-maktab “Maʼnaviyat festivali” davom ettirildi. Tadbirga tumandagi ijtimoiy daftardagi turuvchilar, yoshlar va mahalla faollari jalb etildi.
Oʻzbekiston tumanidagi “Maʼnaviyat festivali”ni Yakkatut MFY 39-maktabda tadbir yakunlab berdi.
“Xalq Konstitutsiyasi bilan xalqchil davlat sari!” shiori ostida Soʻx tumanidagi Sohibkor MFY 27-umumiy oʻrta talim maktabida “Maʼnaviyat festivali” doirasida yana bir targʻibot tadbiri boʻlib oʻtdi. 500 nafardan ziyod aholini qamarab olgan tadbir barchaga birdek manzur boʻldi.
Maʼrifat karvonining keyingi manzili Istiqlol MFY hududidagi madaniyat uyida boʻldi. Tadbirda 400 nafar aholi qamrab olindi.
Soʻx tumanidagi festival Xushyor MFY hududidagi madaniyat markazida davom ettirildi. Targʻibotchildar guruhi hamda mahalliy sanʼatkorlar tomonidan badiiy kecha tashkil etildi.
Targʻibot guruhi aʼzolari Soʻx tumani Qizilqiyoq MFY hududida joylashgan harbiy qismda mehmon boʻldi. Ushbu harbiy qismda xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilar va ularning oila aʼzolari bilan samimiy suhbat qilindi.
Shuningdek, Tul, Qalacha va Gʻaznov mahallla fuqarolar yigʻinlarida yashovchi kam taʼminlangan xonadonlarga tashrif buyurilib, ularga sovgʻalar taqdim qilindi.
Soʻx tumanidagi targʻibot tadbirlarida Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari Minhojiddin Mirzo, “Maʼrifat” targʻibotchilari jamiyati aʼzosi Jamila Shermuhammedova, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artistlar Turgʻun Beknazarov hamda Dilfuza Rahimova, shuningdek, mahalliy shoir va sanʼatkorlar ishtirok etdi.
Rishton tumanidagi Yangi yoʻl MFY madaniyat markazida “Maʼnaviyat festivali” doirasidagi targʻibot tadbiri tashkil etildi. Tadbirda
400 nafardan ziyod mahalla faollari hamda oʻqituvchilar, xarbiylar ishtirok etdi.
Uchkoʻprik tumani Begobod MFY xududidagi 2-sonli kasb hunar maktabida “Maʼnaviyat festivali” boʻlib oʻtdi.
Uchkoʻprik tumanidagi Uchkoʻprik MFY xududidagi tuman hokimlik binosining faollar zalida “Maʼnaviyat festivali” boʻlib oʻtdi. Tadbirga tumandagi ijtimoiy daftardagi turuvchi aholi qatlami, shuningdek, yoshlar va mahalla faollari qamrab olindi. Yuqori kayfiyatda oʻtgan targʻibot tadbirlari barchaga koʻtarinki kayfiyat baxsh etdi.
Shuningdek, tumanidagi Toshkentliguzar MFY xududidagi “Buloqlibogʻ” sihatgohi ham “Maʼnaviyat festivali” doirasida targʻibot tadbiri boʻlib oʻtdi. Tadbirga tumandagi aholi vakillari, yoshlar, xotin-qizlar taklif etildi. Yuqori kayfiyatda oʻtgan targʻibot tadbirlari barchaga koʻtarinki kayfiyat baxsh etdi.
Dangʻara tumani Katta Turk MFYda joylashgan madaniyat markazida madaniyat va sanʼat namoyandalari, shoir va yozuvchilar, sohirnafas sanʼatkorlar ishtirokida “Maʼnaviyat festivali” tadbir tashkil etildi.
Shuningdek, tumanidagi “Maʼnaviyat festivali” Teliming MFY joylashgan mahalla fuqarolar yigʻini guzarida davom etdi. Mazkur tadbirda tumandagi ijtimoiy daftarlarda turuvchi yoshlar, xotin-qizlar va mahalla faollari qamrab olindi.
Yozyovon tumanidagi Qorasoqol MFY xududida joylashgan “Qorisoqiyota” ziyoratgohida 300 nafar aholi vakillari qatnashdi.
Siyosat
Jahon
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q