
Jamiyat
Toshkentda noqulay ob-havo kuzatilmoqda. Yomgʻir suvlari hatto metro bekatlarigacha toshib kirgani aks etgan videolar tarqalmoqda.
Poytaxt hokimligi ushbu holatlar roʻy berishidan avvalroq aholini ogohlantirgan.
«Toshkentda kuchli shamol va yomgʻir yogʻishi kuzatilmoqda.
Sizdan ehtiyotkorlik choralariga rioya qilishingizni, daraxtlar va temirli qurilmalar tagiga avtomashinalaringizni qoʻymasligingizni soʻraymiz», deyiladi xabarda.
Shuningdek, chaqmoq-momaqaldiroq, kuchli jala hodisalari poytaxtning katta qismida elektr uzilishlarini yuzaga keltirdi.
Yakkasaroy, Yangihayot, Mirobod, Bektemir, Sergeli tumanlar baʼzi massivlarida elektr tarmoqlarida nosozliklar yuzaga kelgan. Nosozliklar brigadalar tomonidan bartaraf etilmoqda.
1055 dispecherlik xizmati ishonch raqamlariga Shayxontohur va Olmazor tumanlari katta qismida istiqomad qiluvchi aholi tomonidan tarmoqda elektr energiyasi uzilib qolgani yuzasidan tinimsiz murojaatlar kelib tushmoqda, deyiladi UzbMeteo maʼlumotida.
Jahon
Ilm-fan
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q