Madaniyat
Fargʻona viloyati Soʻx tumanidagi maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar “Sohibkor” mahalla fuqarolar yigʻinida aholi bilan muloqotdan boshlandi. Mazkur mahalladagi 27-umumtaʼlim maktabida boʻlib oʻtgan Maʼnaviyat festivalida yangilanayotgan Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati xususida maʼlumot berildi. Sanʼatkorlar tomonidan kuy-qoʻshiqlar ijro etishdi.
Qoʻshtepa tumanida ham Maʼnaviyat festivali koʻtarinki kayfiyatda boʻlib oʻtdi. Xususan Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari Minhojiddin Mirzo, “Maʼrifat” targʻibotchilari jamiyati aʼzosi, falsafa fanlari doktori, professor Jamila Shermuhammedova, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Dilfuza Rahimova va boshqalar tadbir doirasida Sohibkor mahallasidagi “Oilam baxti quvonchim” oilaviy bolalar uyiga ham tashrif buyurdi.
Ular xonadon egalari Soxibaxon Aminova va ularning qizlari Venera Teshaboyeva, Baxtigul Shermatova, Alina Zaxarova, Alina Vasilenko, Navro'zaxon Isomiddinovalar bilan hamsuhbat boʻldi. Chiroyli suhbat Dilfuza Rahimovaning goʻzal qoʻshiqlariga ulanib ketdi. Hamda qizlarga mehmonlarning esdalik sovgʻalari topshirildi.
Fargʻona viloyat markazidagi toshloq boʻlgan 300 gektar maydonda ekoshahar-yangi Fargʻona barpo etilmoqda. Ayniqsa, 70 gektarda tashkil etilayotgan “Yangi Oʻzbekiston bogʻi” kundan kunga chiroy ochmoqda.
“Maʼnaviyat festivali” doirasida kelgan targʻibot guruhi aʼzolari bu yerda boʻlib, obodonlashtirish xodimlari bilan uchrashdi. Samimiy muloqotda ularning mehnati eʼtirof etildi. Obodlikka katta hissa qoʻshayotgan bu insonlarga kitoblar tuhfa qilindi.
Fargʻona shahridagi “Muruvvat uyi”ni chin maʼnoda mehr maskani deb atash mumkin. Bu yerda 247 nafar oʻgʻil-qiz tarbiyalanmoqda. Festival mehmonlari bu yerda boʻldi, bolalarning xolidan xabar oldi.
Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tomonidan bolajonlarga oʻquv qurollari jamlanmasi topshirildi.
Siyosat
Jahon
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q