2-aprel kuni Toshkentda ayrim ko‘chalar vaqtincha yopiladi

Saqlash
19:48 / 31.03.2023 1681 0

2-aprel kuni soat 07:00 dan 10:00 ga qadar Toshkent shahridagi ayrim ko‘chalarda avtotransport vositalari harakati cheklanadi, deb xabar bermoqda poytaxt hokimligi axborot xizmati.

 

Qayd etilishicha, shu kuni 9-aprel — Amir Temur tavalludining 687 yilligi munosabati bilan “Temurbeklar maktabi“ hamda “Yosh chegarachi“ akademik litseylari o‘rtasida yugurish musobaqasi o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Harakat cheklovi quyidagi ko‘chalarga taalluqli:

 

  • Yangizamon ko‘chasining Sayhun ko‘chasidan Eski Sariko‘l ko‘chasigacha bo‘lgan qismi;
  • Eski Sariko‘l ko‘chasining Yangizamon ko‘chasidan Abu Sulaymon Banokati ko‘chasigacha bo‘lgan qismi;
  • Abu Sulaymon Banokati ko‘chasining Eski Sariko‘l ko‘chasidan Abdurauf Fitrat ko‘chasigacha bo‘lgan qismi;
  • Abdurauf Fitrat ko‘chasining Abu Sulaymon Banokati ko‘chasidan Yangizamon ko‘chasigacha bo‘lgan qismi.

 

Haydovchilarga shu vaqt oralig‘ida aylanma yo‘llardan foydalanishlari tavsiya qilindi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//