1-apreldan Toshkent hayvonot bogʻiga kirish chiptalari uchun narxlar oshiriladi

Saqlash
17:23 / 31.03.2023 1668 0

1-apreldan Toshkent hayvonot bogʻiga kirish chiptalari uchun narxlar oshadi, deb xabar beradi bogʻ axborot xizmati.

 

Qayd etilishicha, hayvonot bogʻiga kirish chiptasining narxi oshishi sababi jonivorlarning ozuqasi narxi koʻtarilishi bilan bogʻliq.

 

“Oshib borayotgan narxlar katta xarajatlarni talab qiladi. Shu sabab biz uzoq oʻylanishlardan soʻng kirish chiptalari narxini biroz koʻtarishga qaror qildik. Bu qaror, shuningdek, jonivorlar ozuqasi narxining oshishi bilan ham bogʻliq”, — deyiladi xabarda.

 

Maʼlumot uchun, 7 yoshdan kichik boʻlgan bolalar va imkoniyati cheklanganlar uchun hayvonot bogʻiga kirish bepul. Xizmatni oʻtayotgan harbiylar, nafaqadagi fuqarolar va 7 yoshdan 16 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun kirish chipta narxi 20 ming soʻm. 16 yoshdan kattalar uchun esa 35 ming soʻm etib belgilangan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//