Bugun Oʻzbekistonning sharqiy hududlarida yomgʻir yogʻadi

Saqlash
16:05 / 31.03.2023 1523 0

“Oʻzgidromet” 31-mart, juma kuni uchun ob-havo prognozini eʼlon qildi.

 

Toshkent shahrida havo biroz bulutli boʻladi, vaqti-vaqti bilan oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-12°, kunduzi 23-25° boʻladi.

 

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 9-14°, kunduzi 27-32°boʻladi.

 

Buxoro, Navoiy viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 9-14°, kunduzi 24-29° boʻladi.

 

Toshkent, Samarqand, Sirdaryo, Jizzax viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 9-14°, kunduzi 20-25° boʻladi.

 

Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15°, kunduzi 25-30° boʻladi.

 

Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12°, kunduzi 20-25° boʻladi.

 

Respublikaning togʻli hududlarida havo oʻzgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin, baland togʻli hududlarda qorga aylanishi mumkin. Toshkent viloyatining togʻli hududlarida 2000 metrdan balandda qor koʻchish xavfi bor. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10°iliq, kunduzi 10-15°iliq boʻladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//