Jamiyat
Yoshlar ishlari agentligi Plogging aksiyasini yoʻlga qoʻydi.
Agentlikning Telegram kanalida yozilishicha, 30-martdan 7-aprelga qadar mamlakatning har bir nuqtasida Plogging aksiyasi oʻtkaziladi. Plogging — tabiatdan chiqindi toʻplash sporti hisoblanadi.
“Goʻzal manzarali joyga qaraganingizda, chiqindilar turganini koʻrib, sizning ham dilingiz xira boʻladimi? Demak, siz tabiatga befarq boʻlmaganlar safidasiz. Sayyoramiz sizning yordamingizga muhtoj”, — deya tadbirda qatnashishga chaqiriladi xabarda.
Aksiya oʻtkaziladigan vaqt va joyi yuzasidan maʼlumotlarni ushbu havola orqali olish mumkin. Unda ishtirok etish istagida boʻlganlar @plogginguzbot orqali roʻyxatdan oʻtish imkoniyatiga ega.
Siyosat
Siyosat
Iqtisod
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q