Madaniyat
O‘zbekistonda tashkil etilgan xalqaro “Mumtoz sheʼriyat” festivali hamda TURKSOY Yozarlar birligining birinchi yigʻilishida atoqli adib, Ozarboyjon xalq yozuvchisi Anor Rzayev Prezident Shavkat Mirziyoyev farmoniga binoan “Doʻstlik” ordeni bilan taqdirlandi.
TURKSOY Yozarlar birligi faxriy raisi, Ozarboyjon xalq yozuvchisi Anor Rzayev 1938-yili 14-mart kuni Boku shahrida tug‘ilgan. Uni adabiyot muxlislari Anor muallim deb ataydi. Adib rejissor, senariynavis, jamoat arbobi sifatida ham samarali faoliyat yuritib kelmoqda.
Anor shoirlar oilasida tugʻilgan. Otasi Rasul Rza va onasi Nigor Rafibeyli Ozarbayjonning taniqli ijodkorlari edi. U musiqali maktabni aʼlo baholarga tamomlab, 1955-yili Ozarboyjon davlat universitetining filologiya fakultetiga oʻqishga kiradi. Moskvadagi Oliy senariy kursi, keyinroq esa Oliy rejissorlik kursida ham tahsil oladi.
Adib “Gobustan” sanʼat almanxi, Ozarboyjon Yozuvchilar uyushmasi, Milliy Majlis (parlament)da samarali faoliyat koʻrsatdi. Uning asarlarida zamon muammolari, anʼana va qadriyatlar, ularga odamlarning munosabati kabi dolzarb masalalarga keng oʻrin berilgan. Anor muallim ona tili rivoji, milliy anʼanalarni asrash, kitobxonlarning adabiy didini yuksaltirish yoʻlida jonbozlik koʻrsatayotgan ziyolilar dargʻasi sifatida eʼzozlanadi.
Anor muallim “Dantening yubileyi”, “Oq koʻrfaz”, “Besh qavatli uyning oltinchi qavati”, “Muloqot”, “Sizsiz” kabi asarlarida zamondoshlar obrazini yaratishga intiladi. Anʼanaviy tushuncha va urf-odatlarning odamlar hayotiga taʼsirini tadqiq qiladi. Ijodkorning bir qator asarlari asosida kinokartinalar ham yaratilgan.
Siyosat
Jahon
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q