Toshkentning 3 ta tumanida tabiiy gaz taʼminoti vaqtinchalik toʻxtatiladi

Saqlash
14:56 / 31.03.2023 1407 0

Sergeli tumani “Yuqori darxon” MFY, Navroʻz koʻchasida joylashgan d-159 mm.li oʻrta bosim gaz quvuriga, gaz hisoblagich oʻrnatish ishlari “Hududgaz Poytaxt” GTFning “Sergelitumangaz” va “Yangihayottumangaz” gaz taʼminoti boʻlimlari tomonidan amalga oshirish rejalashtirilgan.

 

Shu tufayli joriy yilning 31-mart kuni soat 11:00 dan 18:00 ga qadar quyidagi tabiiy gaz isteʼmolchilarida gaz taʼminoti vaqtinchalik toʻxtatiladi.

 

Shundan Sergeli tumani aholi isteʼmolchilari:

 

- Navroʻz, Yorqin hayot koʻchalaridagi jami 528 ta uy xoʻjaliklarida.

 

Sergeli tumani ulgurji isteʼmolchilari:

 

- Maktab – 1 ta;

- MMT – 1 ta;

- Nonvoyxona – 4 ta;

- Maishiy ishlab chiqarish korxonasi – 5 ta.

 

Yangihayot tumani aholi va ulgurji isteʼmolchilari:

 

- Navroʻz, Past darxon koʻchalaridagi jami 250 ta uy xoʻjaliklarida hamda 7 ta ulgurji isteʼmolchilarida.

 

Bundan tashqari, Bektemir tumani Iyk ota koʻchasida joylashgan yuqori bosim d-530 mm.li gaz quvuriga gaz hisoblagichni oʻrnatish ishlari “Hududgaz Poytaxt” GTFning “Bektemirtumangaz” gaz taʼminoti boʻlimi tomonidan amalga oshirish rejalashtirilgan.

 

Shu tufayli joriy yilning 31-mart kuni soat 10:00 dan 18:00 ga qadar quyidagi tabiiy gaz isteʼmolchilarida gaz taʼminoti vaqtinchalik toʻxtatiladi.

 

Shundan Bektemir tumani aholi isteʼmolchilari:

 

- “Ustozlar”, “Zabardast”, “Nurli yoʻl” MFYlari hududidagi jami 2 279 ta uy xoʻjaliklarida.

 

Bektemir tumani ulgurji isteʼmolchilar:

 

- Bektemir tumanidagi jami 67 ta ulgurji isteʼmolchilarida hamda “MEGA-GAZ” MChJ, “Zaygori gaz serves” MChJ avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shoxobchalarida (AGTKSH).

 

“Taʼmirlash ishlari yakunlangach, tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi. Yetkazilayotgan noqulayliklar uchun “Hududgaz Poytaxt” gaz taʼminoti filiali isteʼmolchilardan uzr soʻraydi”, – deyiladi xabarda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//