Jamiyat
Bugun, 30-mart kuni Fargʻona viloyatida “Xalq Konstitutsiyasi bilan xalqchil davlat sari” shiori ostida Maʼnaviyat festivali boshlandi.
Unda elimizning taniqli olimlari, shoir va yozuvchilari, madaniyat va sanʼat namoyandalari ishtirok etmoqda.
Quvasoy shahridagi “Doʻstlik” mahalla fuqarolar yigʻinidagi madaniyat markazida Maʼnaviyat festivali oʻtkazildi. Unda ikki yuzdan ziyod aholining turli qatlam vakillari ishtirok etdi.
Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari Minhojiddin Mirzo, “Maʼrifat” targʻibotchilar jamiyati aʼzosi, falsafa fanlari doktori Jamila Shermuhammedova yangilanayotgan Konstitutsiyadagi muhim oʻzgarishlar haqida soʻz yuritdi.
Surxondaryo viloyatining Sariosiyo va Uzun tumanlarida terrorchilarga qarshi jangda halok boʻlgan quvasoylik Qahramon Madaliyevning qizi Zaynura Saidova oʻz hayoti misolida islohotlar samarasini gapirib berdi.
Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Dilfuza Rahimova, “Nihol” mukofoti sovrindori Adolat Ismoilova kabi sanʼatkorlarning ona, vatan va tinchlik haqidagi qoʻshiqlari kechaga fayz kiritdi.
Ramazon oyi ezgulik, xayr-u saxovat va mehr-oqibat oyidir. Farg‘onada davom etayotgan Ma’naviyat festivali doirasida ezgu tashabbuslar ko‘ngillarga shodumonlik ulashmoqda.
Poytaxtdan kelgan ziyolilar, shoir va yozuvchilar, san’atkorlar bugun Quvasoy shahridagi uchrashuvlar chog‘ida chegaradosh hudud – "Polmon" mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi Hayotxon Davronova hamda Nurxon Ergasheva xonadonida bo‘ldi. Ijtimoiy daftarda turuvchi oila vakillari bilan samimiy muloqot qilinib, sovg‘alar topshirildi.
Sakson yoshga yaqinlashayotgan Hayotxon aya bunday yo‘qlovdan minnatdor bo‘lib, yurtimizga tinchlik, Prezidentimizga sog‘lik tilab duolar qildi. Bunday xayr-saxovat tadbirlari barcha joylarda tashkil etilmoqda.
Shuningdek, Fargʻona shahridagi “Afrosiyob” tantanalar majmuasida bir guruh yoshi ulugʻ insonlar, mahalla faollari hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar aʼzolari mehmon boʻlishdi. 500 nafarga yaqin fuqarolar uchun iftorlik dasturxoni yozilib, madaniy tadbir ham oʻtkazildi.
Mazkur tadbirda viloyat va shahar hokimliklari vakillari, sektor rahbarlari, diniy ulamolar hamda shu kunlarda viloyatimizda oʻtkazilayotgan “Maʼnaviyat festivali” tadbirining targʻibot guruhi aʼzolari ham ishtirok etishdi.
Siyosat
Siyosat
Iqtisod
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q