Jamiyat
Shavkat Mirziyoyev raisligida Oʻzbekiston turizm salohiyatini jadal rivojlantirish yuzasidan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Maʼlum qilinishicha, soʻnggi yillarda 5 ta yangi xususiy aviakompaniya tashkil qilinib, aviapark 44 taga yetgan.
Yangi Samarqand aeroporti 2022 yili “beshinchi osmon” rejimida ishlashga oʻtgani hisobiga, haftalik aviaqatnovlar soni 46 tadan 78 taga, yoʻlovchi oqimi esa 6,5 mingdan 10 mingtaga koʻpaydi.
Shunga qaramay ichki reyslar taqchilligi kuzatilmoqda, temir yoʻlda haftasiga 68 ta qoʻshimcha qatnovga, 350 ta yangi vagonga talab bor. Qoraqalpogʻiston, Jizzax, Namangan va Surxondaryoda sayyohlarga avtobus yetishmaydi.
Shu munosabat bilan fuqarolik aviatsiyasi rahbarlariga:
– yil yakuniga qadar 20 ta qoʻshimcha zamonaviy samolyotni olib kelib, milliy aviatsiya parkini 64 taga yetkazish;
– aviaqatnovlar sonini haftasiga hozirgi 461 tadan 700 taga yetkazib, yillik yoʻlovchi tashishni 7,5 millionga olib chiqish;
– 1-maydan boshlab vodiy—Urganch, vodiy—Termiz, vodiy—Buxoro, vodiy—Samarqand, Termiz—Nukus, Samarqand—Urganch, Buxoro—Urganch kabi yoʻnalishlar boʻyicha muntazam aviareyslarni yoʻlga qoʻyish topshirildi. Bunda, aviabilet xarajatlarining 25 foiziga subsidiya beriladi va bunga 60 milliard soʻm ajratiladi.
– Umuman, jami mahalliy reyslar soni 2 baravar oshirilib, 100 taga yetkazilishi kerakligi koʻrsatib oʻtildi.
Siyosat
Siyosat
Iqtisod
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q