Jamiyat
Ramazon roʻzasining inson salomatligi uchun foydasi bisyor. Biroq ayrim surunkali xastaliklarga chalingan bemorlarga mutaxassislar roʻza tutmaslikni tavsiya qiladi.
– Bu borada bir necha talablar mavjud. Xususan, ayrim xasta insonlar oʻz salomatliklarini yanada ogʻirlashtirmasliklari uchun roʻza tutmasligi lozim, – deydi oliy toifali shifokor Raʼno Nosirova.
— Yaʼni davolash imkoni yoʻq, jarrohlik amaliyoti oʻtkazilishini talab qiluvchi va jarrohlikdan keyingi davrda ushbu amalni bajarish maqsadga muvofiq emas. Shuningdek, qatʼiy taomlanishi shart boʻlgan kishilar ham roʻza tutmaydi.
Bundan tashqari, doimiy ravishda dori ichishi kerak boʻladigan yurak-qon tomir, buyrak va jigar xastaliklarining ogʻir koʻrinishlari hamda qandli diabetda ham ushbu amalni bajarish durust emas.
Qolaversa, ogʻriq bilan kechadigan va ogʻriq qoldiruvchi dorilarni muntazam qabul qilishi talab qilinadigan, xususan, sil va onkologik kasalliklarining ayrim turlarida ham roʻza tutish tavsiya etilmaydi.
Agar bunday bemorlar ushbu ibodatni ado etish istagida boʻlsa, eng avvalo, shifokor bilan maslahatlashishi va uning koʻrsatmalariga qatʼiy amal qilishi lozim.
Siyosat
Siyosat
Iqtisod
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q