Siyosat
Prezident Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Arab Amirliklari vitse-prezidenti lavozimiga tayinlangan Shayx Mansur bin Zoid Ol Nahayon hamda Abu-Dabi amirligi valiahdi etib tayinlangan Shayx Holid bin Muhammad bin Zoid Ol Nahayonga tabriklar yo‘lladi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.
Davlat rahbari ularni ushbu yangi tayinlovlar bilan samimiy qutlagan. Birodar BAA xalqiga tinchlik-osoyishtalik, davomiy ravnaq va taraqqiyot tilagan.
Maktublarda birgalikdagi intilishlar va qat’iy sa’y-harakatlar tufayli oxirgi yillarda O‘zbekiston va BAA o‘rtasida qaror topgan keng qamrovli aloqalar o‘zaro ishonch, yuksak hurmat va bir-birini qo‘llab-quvvatlash tamoyillari asosida yangi bosqichga ko‘tarilishiga ishonch bildirilgan.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q