
Jamiyat
Fargʻona davlat universiteti oʻqituvchisi katta miqdordagi mablagʻni qimorda yutqazib qoʻygani sababli oʻz joniga qasd qildi. Bu haqida Oyina.uzʻga Bosh prokuratura matbuot kotibi Xayot Shamsutdinov maʼlum qildi.
Qayd qilinishicha, 2021-yil 17-noyabr kuni soat 16-00lar chamasida Shahrixon tumani, Boʻston MFY, Yangiqadam koʻchasi, 58-uyda yashovchi R.B (Fargʻona Davlat universiteti oʻqituvchisi) mazkur hududda joylashgan qabriston «naves»iga boʻyin sohasidan oʻzini osib, oʻz joniga qasd qilgan va voqea joyida vafot etgan.
R.B.ning jasadini sud-tibbiy ekspertiza mutaxassisi ishtirokida koʻzdan kechirish davomida tan jarohatlari aniqlanmagan.
R.B.ning oʻlimi sabablarini aniqlash yuzasidan sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.
Olib borilgan tezkor surishtiruv harakatlari davomida R.B. Fargʻona Davlat universitetida oʻqituvchi lavozimida ishlab kelgani, “1xbet” bukmeykerlik kompaniyasi orqali tavakkalchilikka asoslangan qimor oʻyinlari oʻynashi, 16.11.2021-yil kuni Fargʻona viloyati, Fargʻona shahrida yashovchi «Hurshidbek» ismli shaxsdan mazkur qimor oʻyinlarini oʻynash uchun 57.000.000 soʻm miqdoridagi pullarni qarzga olgani va “1xbet” oʻyinlarida mazkur pullarni yutqazib qoʻygani aniqlangan.
Shuningdek, mazkur pullarni 18.11.2021-yil kuni qaytarib berishni vaʼda qilib, uyidan olib kelib berishini aytgan, 18.11.2021-yil kuni oila aʼzolariga telefon raqami orqali uni qabristondan topishlari toʻgʻrisida sms-xabarnoma yuborgan, shu kuni soat 17-30 lar atrofida oila aʼzolari tomonidan oʻzi istiqomat qilib kelgan MFY qabristonidan qabriston «naves»iga oʻzini osgan holatda topilgani aniqlangan.
Madaniyat
Siyosat
Sport
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Iqtisod
1 Izoh
Отабек
01:33 / 19.11.2021
Эхх шу шартмиди домла (