Ijodiy-madaniy masalalar boʻyicha targʻibotchilar uchun Konstitutsiyasiga kiritilayotgan oʻzgartirishlar mazmun-mohiyatiga bagʻishlangan seminar oʻtkazildi

Saqlash
16:07 / 30.03.2023 1288 0

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazida 29-mart kuni umumiy oʻrta taʼlim maktablarining ijodiy-madaniy masalalar boʻyicha targʻibotchilari uchun Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga kiritilayotgan oʻzgartirishlar mazmun-mohiyatiga bagʻishlangan oʻquv-uslubiy seminar oʻtkazildi.

 

Unda Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari Minhojiddin Mirzo, “Maʼrifat” targʻibotchilar jamiyati aʼzosi, yuridik fanlar doktori, professor Feruza Muhiddinova, Ijtimoiy-maʼnaviy tadqiqotlar instituti rahbar oʻrinbosari, falsafa fanlari boʻyicha falsafa doktori Munira Qahhorova, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazining Taʼlim muassasalari bilan ishlash boʻlimi boshligʻi Toʻxtasin Arslonov soʻzga chiqib, Konstitutsiyaga kiritilayotgan asosiy oʻzgarishlar, undagi fuqaro daxlsizligi va erkinliklari, uning huquq va majburiyatlari, oila va yoshlar masalalari boʻyicha yangi normalarning muhim jihatlariga alohida toʻxtalib oʻtishdi.

 

 

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamkorligida tashkil etilgan seminarda amalga oshirilayotgan loyihaning asosiy prinsiplariga oid birinchi (1‑18-moddalar), uning inson va fuqaroning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlariga bagʻishlangan ikkinchi (19‑64-moddalar), jamiyat va shaxs haqidagi uchinchi (65‑82-moddalar), davlat va hokimiyatni tashkil etish borasidagi beshinchi boʻlimlari (91‑153-moddalar) haqida alohida fikr almashinildi.

 

 

Tadbirda Konstitutsiyaviy qonun loyihasida taʼlimga oid yangi normalar belgilanayotgani koʻtarinki ruhda qarshi olinib, ijodiy-madaniy masalalar boʻyicha targʻibotchilar tomonidan loyiha bir ovozda qoʻllab-quvvatlandi. Soʻz olganlar davlat endilikda nafaqat umumiy oʻrta taʼlim, balki boshlangʻich professional taʼlim olishning ham bepul boʻlishini kafolatlayotganini taʼkidladi.

 

 

Tadbir yakunida ishtirokchilar oʻzlari faoliyat yuritadigan taʼlim muassasalarida shunga oʻxshash seminarlarni tashkil etishda foydalanishlari uchun metodik targʻibot vositalari bilan taʼminlandi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//