Jamiyat
23-mart kuni Farg‘ona viloyatining Rishton tumanida 17 yoshli qiz istirohat bog‘ida «Piratskiy korabl» nomli attraksiondan ehtiyotsizlik sabab tushib ketdi.
Viloyat IIBning xabariga ko‘ra, qiz tan jarohati olgan va tuman tibbiyot birlashmasining qabul bo‘limiga olib kelingan.
Rishton tumani IIB shu kunning o‘zida holat bo‘yicha sudga oid tibbiy ekspertiza tayinladi. Tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Hodisa sabablarini aniqlash, mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilingan yoki qilinmaganini aniqlash yuzasidan Bandlik boshqarmasiga tegishli hujjatlar taqdim etilgan.
«Qiz hozirda Bag‘dod tumanidagi tibbiyot birlashmasida shifokorlarning nazoratida davolanmoqda va ahvoli yaxshilanyapti», — deyiladi xabarda.
Jamiyat
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
109973
Jamiyat
94288
Jamiyat
90145
Jamiyat
73415
Jamiyat
//
Izoh yo‘q