Abdulla Aripov Shinjon-Uygʻur avtonom rayoni partiya kotibi bilan uchrashdi

Saqlash
15:00 / 30.03.2023 1119 0

Toshkent shahrida 29-mart kuni Oʻzbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov Shinjon-Uygʻur avtonom rayoni partiya kotibi Ma Sinjuy bilan uchrashuv oʻtkazdi.

 

Bosh vazir matbuot xizmatiga koʻra, uchrashuvda tobora yuqori surʼat bilan rivojlanayotgan Oʻzbekiston—Xitoy aloqalarining bugungi darajaga koʻtarilishida ikki davlat rahbarlari oʻrtasidagi ochiq muloqot, ishonchli va doʻstona munosabatlar asosiy omil boʻlib xizmat qilayotgani qayd etilgan.

 

Taʼkidlanishicha, Xitoy Oʻzbekistonning ishonchli, vaqt sinovidan oʻtgan strategik hamkoridir. Oʻzbekiston “yagona Xitoy siyosati”ni hamda “uch yovuz kuch” — terrorizm, ekstremizm va separatizmga qarshi qatʼiy kurashni doim qoʻllab-quvvatlaydi.

 

Xitoy Oʻzbekistonning eng yirik savdo va investitsiya hamkorlaridan biri hisoblanadi. Oʻtgan yil yakunlariga koʻra ikki davlat oʻrtasidagi oʻzaro savdo aylanmasi ilk bor qariyb 9 milliard dollarni tashkil etdi. Bugungi kunda mamlakatda Xitoy kapitali ishtirokida 2140 dan ziyod korxona faoliyat koʻrsatmoqda.

 

Muzokaralar davomida ikki tomonlama savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport, energetika, qishloq xoʻjaligi, ilm-fan, madaniyat va turizm sohalarida hamkorlik masalalari atroflicha muhokama qilindi. Muloqot yakunida Toshkent viloyati bilan Shinjon-Uygʻur avtonom rayoni oʻrtasida oʻzaro hamkorlik toʻgʻrisida bitim imzolandi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//