Jamiyat
28-mart kuni Armaniston poytaxti Yerevanda bo‘lib o‘tgan “UADay” tadbirida Yagona integrator “UzInfocom Ripe NCC” mintaqaviy registratori bilan “K-Root” dunyo serverini O‘zbekistonda ishga tushirish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda Raqamli texnologiyalar vazirligi axborot xizmati ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, O‘zbekistonda ildiz serverning mavjudligi DNS tizimini rivojlantirishga katta hissa bo‘lib, bu o‘z navbatida, uning nosozliklarga chidamliligi va barqarorligini sezilarli darajada oshiradi.
O‘zbekistonda “K-Root” serverining paydo bo‘lishi qidiruv jarayoni va internetning ishlashini sezilarli darajada yaxshilaydi. DNS tashqi xostlari va internet kanallariga qaramlikni kamaytirish uni ishlatishni yengillashtiradi.
“Ma’lumot uchun, bugungi kungacha mahalliy saytlar foydalanuvchilarining barcha so‘rovlari birinchi bo‘lib xorijiy DNS serverlariga borib tushar edi. Bu biroz vaqt talab qilgan va ma’lumotlarni qayta ishlashni qiyinlashtirgan”, – deyiladi xabarda.
Siyosat
Siyosat
Iqtisod
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q