Adliya vaziri 500 ming soʻm pora olgan shifokor 5 yilga, oʻzlashtirish bilan ayblangan hokim 3 yilga qamalganiga izoh berdi

Saqlash
00:24 / 30.03.2023 922 0

Ijtimoiy tarmoqlarda 500 ming soʻm pora olgan shifokor 5 yilga qamalgani, ammo Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata qilish) bilan ayblangan Asaka tuman sobiq hokimi 3 yilu 1 oy ozodlikdan cheklash jazosi tayinlangani keskin muhokamalarga sabab boʻlgan edi. Xoʻsh, mazkur qarorlar qanchalar toʻgʻri? Ijtimoiy adolat buzilmayaptimi? Mazkur savollarga Adliya vaziri Akbar Toshqulov javob berdi, deya xabar bermoqda oyina.uz muxbiri Shahnoza Toʻramurodova.

 

Vazirga koʻra, jinoyatlarning klassifikatsiyasi boʻyicha har bir jinoyatga nisbatan belgilangan sanksiyalar bor. Sud mazkur sanksiyalarga asoslanib ishlaydi.

 

“Poraxoʻrlik jinoyati kichkina summa boʻlsa ham bizda sanksiya jihatidan yuqoriroq. Buni toʻgʻri tushunishimiz kerak. Masalan oʻzlashtirish toʻgʻrisidagi 167-moddaga nisbatan 210-modda yuqori. Pora 500 ming soʻm boʻladimi, 1 ming soʻm boʻladimi, 1 mln soʻm boʻladimi, 100 ming soʻm boʻladimi farq qilmaydi. Tasavvur qiling vrach 100 ming soʻm olib kelmasang operatsiya qilmayman, dedi. Uning oqibati yuqori boʻladi. Shuning uchun qonunlarda shu kabi yuqoriroq jazo belgilangan. Poraning jamiyatga taʼsiri juda katta. Shu nuqtai-nazardan har bitta moddani toʻgʻri tushunishimiz kerak”, dedi Akbar Toshqulov.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//