Aylanib yurganimda mendan ham “Open budget”ga ovoz berishimni soʻrashdi – Adliya vaziri Akbar Toshqulov

Saqlash
22:57 / 29.03.2023 1370 0

Adliya vaziri Akbar Toshqulovdan ham “Tashabbusli budjet” loyihasiga ovoz berishni soʻrashdi. Bu haqda vazir matbuot anjumanida aytib oʻtdi. Oyina.uz muxbiri Shahnoza Toʻramurodovaning qayd etishicha, vazir bu iltimosni rad etgan.

 

“Open budget” portalining eng katta yutugʻi nima? Eng katta yutugʻi bu — xalq pulni qayerga sarflashni oʻzi hal qilyapti. Pul orqali ovoz yigʻilishi aslida noqonuniy yoʻl. Buning qonuniy yoʻli elektron tizim orqali ovoz berish kerak, boʻldi. “Open budget” portaliga yuridik jihatdan baho beradigan boʻlsam, bu xalq pulini sarflashni hal qilishdagi Oʻzbekiston uchun yangi gʻoya. Birinchi oʻrinda davlat organi emas, yaʼni shundoq kelib buni qilish kerak, deb davlat organi belgilasin demayapti, xalq belgilasin deyapti.


Muammolar bor, muammoni yechish kerak. Muammo qanday yechiladi? Qanaqadir suiisteʼmol qilish holatlari boʻlayotgan boʻlsa, uning oldini oladigan mexanizm boʻladi. Balki, identifikatsiya qilishdir?! Lekin buni qilmaymiz deyishdi. Ammo baribir u ham kerakdir, balki. Kecha, yakshanba kuni aylanib yurganimda menga ham ovoz berishni taklif qilishdi. “Yoʻq, men bu mahallada sayr qilib yuribman. Mahallam boshqa, oʻzimning mahallamga ovoz beraman”, deya javob berdim”, dedi Akbar Toshqulov.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//