Siyosat
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 29-mart kuni Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasi Siyosiy byurosi a’zosi, Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni Kompartiyasi Partqo‘mi kotibi Ma Sinjuy boshchiligidagi XXR delegatsiyasi bilan o‘tkazgan uchrashuvda O‘zbekiston hududlari va ShUAR o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli amaliy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari ko‘rib chiqildi.
Prezident matbuot xizmati xabariga ko‘ra, O‘zbekiston hududlarida Xitoyning yetakchi kompaniyalari ishtirokida qayta tiklanuvchi energetika, transport infratuzilmasini rivojlantirish, sanoat parklari va qishloq xo‘jaligi klasterlarini tashkil etish sohalarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari e’tibor markazida bo‘ldi.
Uchrashuv avvalida Ma Sinjuy XXR raisi Si Tszinpinning salomi va ezgu tilaklarini hamda Xitoy rahbari lavozimiga qayta saylangani munosabati bilan yo‘llangan tabriklar uchun minnatdorlik bildirdi.
Uchrashuvda o‘tgan yil sentabr oyida Samarqand shahrida o‘tgan va O‘zbekiston-Xitoy har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarida yangi davrni boshlab bergan tarixiy sammitning sermahsul natijalari qayd etildi.
“O‘zbekiston – Qirg‘iziston - Xitoy” temiryo‘lini qurish loyihasini jadallashtirishda ikki tomon ham manfaatdor ekani ta’kidlandi.
Toshkent, Samarqand va boshqa viloyatlarning Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni bilan, shu jumladan savdo, logistika, tibbiyot, qishloq xo‘jaligi, turizm va ta’lim sohalarida ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish uchun keng imkoniyatlar mavjudligi aytildi.
Davlat rahbari o‘zaro muloqot va almashinuvni faollashtirish, tashrif va biznes forumlarini tashkil etish, ustuvor loyiha va dasturlarni ilgari surish bo‘yicha alohida “yo‘l xaritasi”ni qabul qilish yuzasidan topshiriqlar berdi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q