Jamiyat
Yoshlar telekanalining “Biz tomonlarda” koʻrsatuvida Qoraqalpogʻiston viloyat sifatida nomlangani uchun telekanal masʼullari uzr soʻradi.
«Bugun telekanalimiz faoliyatida juda kam-kam uchraydigan qoʻpol xatolikka yoʻl qoʻyildi. Bugun ʻYoshlarʻ telekanali orqali soat 12:05 da Qoraqalpogʻiston Respublikasidan tayyorlangan ʻBiz tomonlardaʻ koʻrsatuvi namoyish etilgan edi. Koʻrsatuvda montaj jarayonidagi texnik xatolik sababli ʻQoraqalpogʻiston Respublikasiʻning nomi xato koʻrsatilgan.
Ushbu qoʻpol xatolikka yoʻl qoʻyilgani uchun biz, ʻYoshlarʻ telekanali jamoasi koʻp sonli teletomoshabinlarimizdan uzr soʻraymiz. Hozir aybdorlarga nisbatan tegishli choralar koʻrilmoqda», deydi telekanal boshlovchilari chiqishida.
Qoʻshimcha qilinishicha, mazkur koʻrsatuv Qoraqalpogʻiston Respublikasining nomi toʻgʻrilangan holda qayta namoyish etilgan.
“Kelgusida telekanalimizda bu kabi holatlarning takrorlanmasligi yuzasidan qatʼiy choralar koʻriladi”, deyiladi xabarda.
Siyosat
Siyosat
Iqtisod
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q