Nodavlat umumta’lim tashkilotlarida nechta o‘qituvchi faoliyat yuritmoqda?

Saqlash
19:44 / 29.03.2023 790 0

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022/23-o‘quv yili boshiga faoliyat yuritayotgan 194 ta nodavlat umumta’lim tashkilotlarida 5 014 nafar o‘qituvchi faoliyat yuritmoqda.



Nodavlat umumta’lim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan o‘qituvchilarning umumiy soni 2018/2019-o‘quv yili boshiga nisbatan taqqoslaganda 3 381 nafarga yoki 3,1 barobarga ko‘paygan.


Yillar kesimida nodavlat umumta’lim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan o‘qituvchilarning umumiy soni:



— 2018/2019-o‘quv yili boshiga – 1 633 kishi

— 2019/2020-o‘quv yili boshiga – 2 353 kishi

— 2020/2021-o‘quv yili boshiga – 2 859 kishi

— 2021/2022-o‘quv yili boshiga – 3 578 kishi

— 2022/2023-o‘quv yili boshiga – 5 014 kishi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//