Oʻzbekistonning ayrim hududlarida 30-mart kuni yomgʻir yogʻib, momaqaldiroq boʻlishi mumkin

Saqlash
17:12 / 29.03.2023 785 0

Respublika Gidrometeorologiya markazi Oʻzbekiston boʻyicha 30-mart, payshanba kuni kuzatiladigan ob-havo maʼlumotini eʼlon qildi.

 

Toshkent shahri. Havo oʻzgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 metr/soniya tezlikda esadi. Harorat kechasi 11-13 daraja iliq, kunduzi 20-22 daraja iliq boʻladi.

 

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyati. Havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/soniya tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12 daraja iliq, kunduzi 25-30 daraja iliq boʻladi.

 

Buxoro, Navoiy viloyatlari. Havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/soniya tezlikda esadi. Harorat kechasi 9-14 daraja iliq, kunduzi 24-29 daraja iliq boʻladi.

 

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlari. Havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/soniya tezlikda esadi. Harorat kechasi 9-14 daraja iliq, kunduzi 20-25 daraja iliq boʻladi.

 

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari. Havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/soniya tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12 daraja iliq, kunduzi 20-25 daraja iliq boʻladi.

 

Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlari. Havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/soniya tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12 daraja iliq, kunduzi 20-25 daraja iliq boʻladi.

 

Respublikaning togʻ oldi va togʻli hududlari. Havo oʻzgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin, baland togʻli hududlarda qorga aylanishi mumkin. Toshkent viloyatining togʻli xududlarida 2000 metrdan balandda qor koʻchish havfi bor. Shamol sharqdan 7-12 metr/soniya tezlikda esadi. Harorat kechasi 4-9 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq boʻladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//