Sport
Toshkent shahrida shaxmat bo‘yicha davom etayotgan Rustam Qosimjonov xalqaro turnirining «Masters» va «Chellenjer» guruhlarida 5-tur o‘yinlari ortda qoldi.
Sovrin jamg‘armasi 70 ming AQSh dollaridan iborat xalqaro turnirning ortda qolgan tur natijalariga ko‘ra, «Masters» guruhida Javohir Sindorov va Nodirbek Abdusattorov 4 ochkoga ega bo‘lgan holda peshqadamlik qilmoqda. Ulardan keyingi 3-o‘rinda 1-turda Javohir Sindorovdan, 4-turda Nodirbekdan hamda 5-turda Rustam Qosimjonovdan ustun kelgan eronlik Parxam Magsudlu (3 ochko) bormoqda.
«Chellenjer» guruhlarida esa o‘tkazilgan 5 ta turda 4 ta g‘alaba va 1 ta durangga erishgan Ortiq Ne’matov 4,5 ochkoga ega bo‘lgan tarzda peshqadamlik qilmoqda. Undan keyingi o‘rinlarni 3,5 ochkoga ega armanistonlik Gabriyel Sargissyan, 3 ochko jamg‘argan serbiyalik Aleksandar Indjich va 13 yoshli hamyurtimiz Humoyun Bekmurodov band etgan.
– O‘zbekistonda Rustam Qosimjonov turnirining an’anaviy tarzda yo‘lga qo‘yilgani xayrli ishlardandir. 2004 yili Qosimjonov Liviyaning Tripoli shahrida o‘tgan jahon chempionatida dunyoning eng kuchli shaxmatchilarini mag‘lub etib, chempionlikka erishganda o‘sha musobaqaning bosh hakami sifatida faoliyat ko‘rsatganman. Rustam Qosimjonov xalqaro turniriga bosh hakam sifatida tayinlanganimdan xursandman. Musobaqalar juda shiddatli o‘tmoqda. Bir-biridan qiziqarli o‘yinlarni kuzatmoqdamiz. O‘ylaymanki, ushbu turnir Qosimjonovning yuzlab izdoshlari yetishib chiqishiga, O‘zbekiston shaxmatining xalqaro obro‘-e’tibori yuksalishiga xizmat qiladi, – deydi turnir bosh hakami, ozarbayjonlik Faig Gasanov.
Bugun tezkor shaxmat bo‘yicha turnirning «Masters» va «Chellenjer» guruhlarida g‘oliblar aniqlanadi.
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q