
Jamiyat
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 5-martdagi 131-son qarori bilan YPX xodimlarining yo‘l harakati qatnashchilari bilan o‘zaro munosabatlari hamda maxsus moslamalardan foydalanishi tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi (2018-yil 1-dekabrdagi 975-son Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tasdiqlangan).
Xususan, Hukumat qarorida quyidagilar nazarda tutiladi:
– transport vositalari haydovchilarining giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar iste’mol qilganligi holatini aniqlashda narkotester maxsus moslamasidan foydalanish;
– narkotester maxsus moslamasi yordamida transport vositalari haydovchilarining giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar iste’mol qilgani aniqlangan hollarda yo‘l-patrul xizmati xodimlari tomonidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan harakatlar algoritmi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 28-mart kuni kuchga kirgan.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q