Toshkentning 3 ta tumanidagi ayrim mahallalar tabiiy gazdan vaqtincha uziladi

Saqlash
10:03 / 29.03.2023 539 0

Taʼmirlash ishlari tufayli ertaga Yangihayot, Sergeli tumanlarining ayrim mahallalarida tabiiy gaz taʼminoti vaqtinchalik toʻxtatiladi.

 

Yangihayot tumani Sattorova koʻchasida joylashgan, oʻrta bosim d-219 mm.li va Sputnik 4-mavzesi, Indeks bozori yonidagi oʻrta bosim d-325 mm.li gaz quvurlariga gaz hisoblagich oʻrnatish ishlari “Hududgaz Poytaxt” GTFning “Yangihayottumangaz” gaz taʼminoti boʻlimi tomonidan amalga oshirish rejalashtirilgan.

 

Shu sababli joriy yil 29-mart kuni soat 10:00 dan 18:00 ga qadar:

 

– Yangihayot tumani aholi va ulgurji isteʼmolchilari “Ibrat”, “Olchazor”, “Navquron”, “Al-Fargʻoniy”, “Doʻstlik”, “Iqbol”, “Yoʻldosh”, “Toshkent”, “Fayzli”, “Chortoq” MFYlaridagi 3 491 ta uy xoʻjaliklarida va koʻp qavatli uylardagi jami 4 437 ta aholi xonadonlarida hamda MFYlari hududida joylashgan 234 ta ulgurji isteʼmolchilarida;

 

– Sergeli tumani aholi va ulgurji isteʼmolchilari “Nilufar”, “Iltifot”, “Sofdil” MFYlari hududidagi 288 ta uy xoʻjaliklarida va koʻp qavatli uylardagi jami 2 718 ta aholi xonadonlarida hamda MFYlari hududida joylashgan 36 ta ulgurji isteʼmolchilarida gaz taʼminoti vaqtinchalik toʻxtatiladi.

 

Shuningdek, Yunusobod tumani “Tiklanish” MFY hududidagi oʻrta bosimli gaz quvuriga gaz hisoblagich oʻrnatish ishlari rejalashtirilgani sababli bugun, 29-mart kuni soat 10:00 dan 18:00 ga qadar tumanning “Tiklanish” MFYdagi 400 ta uy xoʻjaliklarida hamda mazkur mahalladagi 10 ta ulgurji isteʼmolchilarda tabiiy gaz taʼminoti vaqtincha toʻxtatiladi.

 

Maʼlum qilinishicha, taʼmirlash ishlari yakunlangach, tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish