Ertaga Oʻzbekistonning ayrim hududlarida yomgʻir yogʻadi

Saqlash
15:03 / 28.03.2023 831 0

Respublika Gidrometeorologiya markazi Oʻzbekiston boʻyicha 29-mart, chorshanba kuni kuzatiladigan ob-havo maʼlumotini eʼlon qildi.

 

Toshkent shahri. Havo oʻzgarib turadi, kechga tomon bir oz yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 metr/soniya tezlikda esadi 12-15 metr/soniyagacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 11-13 daraja iliq, kunduzi 24-26 daraja iliq boʻladi.

 

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyati. Havo bir oz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 9-14 metr/soniya tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12 daraja iliq, kunduzi 27-32 daraja iliq boʻladi.

 

Buxoro, Navoiy viloyatlari. Havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/soniya tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 metr/soniyagacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 9-14 daraja iliq, kunduzi 22-27 daraja iliq boʻladi.

 

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlari. Havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/soniya tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 metr/soniyagacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 9-14 daraja iliq, kunduzi 22-27 daraja iliq boʻladi.

 

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari. Havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/soniya tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 metr/soniyagacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 10-15 daraja iliq, kunduzi 22-27 daraja iliq boʻladi.

 

Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlari. Havo bir oz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 metr/soniya tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12 daraja iliq, kunduzi 20-25 daraja iliq boʻladi.

 

Respublikaning togʻ oldi va togʻli hududlari. Havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/soniya tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 metr/soniyagacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq boʻladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish