Samarqandda gaz portlashi oqibatida bir oilaning 4 nafar aʼzosi vafot etdi

Saqlash
12:03 / 28.03.2023 854 0

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyati Kattaqoʻrgʻon tumani, “Madrasa” mahallasida yashagan bir oilaning 4 nafar aʼzosi gaz portlashidan halok boʻlgani toʻgʻrisidagi xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Samarqand viloyat prokuraturasi rasmiy bayonot berdi.

 

Qayd etilishicha, 2023-yil 17-mart kuni soat 05:00 da Kattaqoʻrgʻon tumani, “Madrasa” mahallasida yashagan A.R. uyidagi tabiiy gazga moʻljallangan isitish pechini ehtiyotsizligi bilan notoʻgʻri oʻt oldirganligidan kelib chiqqan qisqa muddatli chaqnash kuzatilgan.

 

Oqibatida A.R, turmush oʻrtogʻi K.F, nabiralari I.A. hamda O.A.lar 50 — 60 % kuyish jarohatlari bilan davolanish uchun tuman tibbiyot birlashmasiga joylashtirilgan.

 

2023-yil 26-mart kuni K.F. Kattaqoʻrgʻon tuman tibbiyot birlashmasida, voyaga yetmagan I.A. va O.A. lar RSHTYOIM Samarqand filialida vafot etgan.

 

2023-yil 27-mart kuni esa A.R. Kattaqoʻrgʻon tuman tibbiyot birlashmasida vafot etgan.

 

Maʼlum qilinishicha, mazkur holat yuzasidan Kattaqoʻrgʻon tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish