
Jamiyat
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrida qayd etilgan foyda soligʻi boʻyicha holatlar Soliq qoʻmitasi tomonidan zudlik bilan oʻrganilgan.
Tezkor oʻrganish natijalari tanqidiy ravishda koʻrib chiqilib, quyidagi chora-tadbirlar belgilab olindi:
birinchidan, ushbu kamchiliklarga yoʻl qoʻyganliklari uchun Soliq qoʻmitasi masʼul nazorat departamenti boshligʻi B.Muqimov va Toshkent shahar boʻlim boshligʻi O.Lutfillayev egallagan lavozimlaridan ozod etildi;
ikkinchidan, Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshligʻi Y.Nasimjanov va Boshqarma boshligʻining birinchi oʻrinbosari J.Mirpoʻlatovning maxsus unvonlari bir pogʻonaga pasaytirilib, intizomiy jazo chorasi belgilandi;
Shuningdek, Soliq qoʻmitasi soliq toʻlovchilarga xizmat koʻrsatish departamenti boshligʻi X.Bazarovga nisbatan hayfsan intizomiy jazo chorasi tayinlandi.
uchinchidan, foyda soligʻi boʻnak toʻlovlari hisobidan budjetga undirilgan ortiqcha mablagʻlarni 28-mart kuni soat 13:00 ga qadar soliq toʻlovchilarga toʻliq qaytarish vazifasi belgilandi;
toʻrtinchidan, qayd etilgan holatlar boʻyicha Toshkent shahar soliq organlarida maxsus boshqarma tomonidan xizmat tekshirishi oʻtkazish va natijalari boʻyicha hujjatlarni huquqni himoya qilish organlariga yuborish vazifasi topshirildi.
“Hurmatli tadbirkorlar, Soliq qoʻmitasi qayd etilgan holatlar boʻyicha vaqtida axborot bergan tadbirkorlik subyektlariga minnatdorlik bildirgan holda, summasidan qatʼi nazar kelgusida qayd etiladigan har bir holat boʻyicha Soliq qoʻmitasiga yoki @dsq_anticorrupciya_botʼga murojaat qilishingizni iltimos qiladi”, – deyiladi bayonotda.
Jahon
Ilm-fan
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q