Siyosat
2023-yil 27-mart kuni Budapesht shahrida Oʻzbekiston elchixonasi ochilishiga bagʻishlangan marosim boʻlib oʻtdi.
Tadbirda Oʻzbekiston TIV rahbari Baxtiyor Saidov, Vengriya tashqi ishlar va savdo vaziri Peter Siyyarto, iqtisodiy rivojlanish vaziri Marton Nad, shuningdek, keng jamoatchilik, siyosiy, ishbilarmon doiralar vakillari, mahalliy OAV xodimlari ishtirok etdi.
Saidov oʻz nutqida mamlakat ochiq, pragmatik, tinchliksevar tashqi siyosat yuritayotgani, barcha davlatlar bilan oʻzaro manfaatli aloqalar rivojlanib borayotgani, xususan, Vengriya bilan hamkorlikni kengaytirish Oʻzbekiston tashqi siyosatining muhim yoʻnalishlaridan biri ekanligini taʼkidladi.
Oʻz navbatida, Peter Siyyarto Oʻzbekiston elchixonasining ochilishi ikki tinchliksevar mamlakatlar oʻrtasidagi aloqalarda kuzatilayotgan ijobiy oʻsish surʼatining yorqin tasdigʻi ekanini, elchixona faoliyati oʻzaro hurmatga asoslangan ikki tomonlama munosabatlarni har jihatdan boyitishga xizmat qilishini taʼkidladi.
Elchixona binosi Budapesht shahrining markaziy hududida joylashgan boʻlib, u koʻhna va zamonaviy arxitektura talablarini mujassam etgan.
Bungacha Oʻzbekistonning Avstriyadagi elchisi bir vaqtning oʻzida Vengriyada ham elchi boʻlgan.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q