Jamiyat
Oʻzbekistonda Tibbiyot xodimining faoliyatiga toʻsqinlik qilganlik uchun maʼmuriy javobgarlik belgilandi. Shavkat Mirziyoyev bu haqdagi tegishli qonunni imzoladi.
Qonun bilan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeks yangi 197-7-modda bilan toʻldirilib, unda tibbiyot xodimining qonuniy tibbiy faoliyatiga toʻsqinlik qilish yoki shu maqsadda tibbiyot xodimiga turli shaklda qonunga xilof ravishda taʼsir oʻtkazish uchun maʼmuriy javobgarlik belgilandi.
Mazkur qilmish uchun fuqarolarga – 1,5 mln soʻmdan 2,1 mln soʻmgacha (bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravaridan 7 baravarigacha), mansabdor shaxslarga esa 2,1 mln soʻmdan 3 mln soʻmgacha (7 baravardan 10 baravargacha) jarima yoki 15 sutkagacha maʼmuriy qamoq tarzidagi jazo belgilandi.
.jpg)
.jpg)
.jpg)
Ilm-fan
Siyosat
Jamiyat
Siyosat
Siyosat
Sport
112441
Jamiyat
95105
Jamiyat
91333
Jamiyat
76023
Jamiyat
//
Izoh yo‘q