Jamiyat
1-apreldan boshlab Andijon xalqaro aeroporti ayerodrom majmuasi rekonstruksiya qilinishi munosabati bilan havo kemalarini qabul qilish va chiqarishni vaqtincha to‘xtatadi, deb xabar berdi Uzbekistan Airports matbuot xizmati.
"Rekonstruksiya doirasida uchish-qo‘nish yo‘lagi qoplamasi, yurish yo‘laklari va samolyotlar to‘xtash joylarini modernizatsiya qilish, shuningdek, yoritish uskunalari, meteorologik va radionavigatsiya qo‘nish tizimlarining yangi tizimini o‘rnatish rejalashtirilgan", — deyiladi kompaniya xabarida.
24-mart kuni aeronavtika axborot tizimida (NOTAM) Andijon aeroporti 2023 yil oxirigacha rekonstruksiya qilish uchun yopilishi haqida xabar paydo bo‘ldi.
2022-yil aprel oyida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga Farg‘ona vodiysining uchta viloyati uchun yagona xalqaro aeroport qurish loyihasi taqdim etilgan edi.
O‘sha yilning iyunida Uzbekistan Airports kompaniyasi rahbari Ra’no Jo‘rayeva Farg‘ona vodiysidagi aeroportlarni rivojlantirishning ikkita ssenariysi haqida gapirib o‘tgan edi: ularning hozirgi joylashgan joylarida yangi aeroportlarni rekonstruksiya qilish va qurish hamda uchta viloyat uchun Uzbekistan Airports kompaniyasining yagona havo bandargohini qurish.
Siyosat
Siyosat
Siyosat
Iqtisod
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q